O‘zbekiston va BMT giyohvandlik xavflariga qarshi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va BMT giyohvandlik xavflariga qarshi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va BMT giyohvandlik xavflariga qarshi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vena shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari hamda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining yangi tayinlangan ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekistonning BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan amalga oshirayotgan hamkorligi, giyohvandlik xavflariga qarshi kurashish masalalari, shuningdek, 2026 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan va mazkur transmilliy tahdidga qarshi kurashga bag‘ishlangan Samarqand xalqaro forumida ishlab chiqilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qo‘shma qadamlarni muhokama qildi.

Uchrashuvda ayollar, bolalar va yoshlarni himoya qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Saida Mirziyoyeva Monika Jumaga BMTning Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha komissiyaning 35-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan sayd-iventni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida xavfsizlik, adolat va barqaror rivojlanish sohalaridagi sheriklikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling