O'zbekistonda City & Guilds malaka baholash markazlari tashkil etiladi

O'zbekistonda City & Guilds malaka baholash markazlari tashkil etiladi

O'zbekistonda City & Guilds malaka baholash markazlari tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qariyb 150 yillik tajribaga ega, professional taʼlim standartlari hamda 1 400 dan ortiq oʻquv dasturlarini ishlab chiqqan “City & Guilds” tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum asosida Oʻzbekistonda xalqaro miqyosda tan olingan va 80 dan ortiq davlatda faoliyat yurituvchi “City & Guilds” malaka baholash markazlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Hamkorlik professional taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling