O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqti eʼlon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqti eʼlon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqti eʼlon qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda 27 may kuni nishonlanadigan Qurbon hayiti munosabati bilan bayram namozi vaqtlarini eʼlon qildi.

Bayram namozi respublikadagi barcha masjidlarda o‘qiladi. Hududlarda namoz boshlanish vaqti 05:05 dan 05:55 gacha etib belgilangan.

Eʼlon qilingan jadvalga ko‘ra, hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

Andijon viloyati — 05:05;

Namangan viloyati — 05:05;

Farg‘ona viloyati — 05:05;

Toshkent shahri — 05:10;

Toshkent viloyati — 05:10;

Sirdaryo viloyati — 05:20;

Jizzax viloyati — 05:20;

Samarqand viloyati — 05:30;

Surxondaryo viloyati — 05:30;

Qashqadaryo viloyati — 05:35;

Navoiy viloyati — 05:35;

Buxoro viloyati — 05:35;

Xorazm viloyati — 05:50;

Qoraqalpog‘iston — 05:55.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling