O'zbekistonlik yosh sportchilar Osiyoda oltita medalni qo'lga kiritishdi

O'zbekistonlik yosh sportchilar Osiyoda oltita medalni qo'lga kiritishdi

O'zbekistonlik yosh sportchilar Osiyoda oltita medalni qo'lga kiritishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28–31 may kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami olti ta medalga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa yakunlariga ko‘ra 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Oltin medalni nayza uloqtirish bo‘yicha Ruslan Sadullayev qo‘lga kiritdi. 5000 metr masofada Timur Nasimov kumush medal sohibi bo‘ldi.

Bronza medallarini Sadafbonu Nusratilloyeva 5000 metr yugurish hamda to‘siqli 3000 metr yugurishda ikki marta uchinchi o‘rinni egallab, shuningdek 3000 metr masofada Dilnoza Hoshimova va uzunlikka sakrashda Sarvar Meyliyev mamlakat hisobiga taqdim etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling