Xitoy kompaniyalari O'zbekistonning qurilish va to'qimachilik sanoatiga investitsiya kiritishni ko'rib chiqmoqda

Xitoy kompaniyalari O'zbekistonning qurilish va to'qimachilik sanoatiga investitsiya kiritishni ko'rib chiqmoqda

Xitoy kompaniyalari O'zbekistonning qurilish va to'qimachilik sanoatiga investitsiya kiritishni ko'rib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Szyasin shahrida (Chjeszyan provinsiyasi) “Zicheng United Construction Group Co., Ltd.” va “Jiaxing Houbang Import and Export Co., Ltd.” kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvlar chog‘ida xitoylik sheriklarga mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, keng qamrovli imtiyozlar paketi hamda infratuzilmaviy afzalliklar taqdimot qilindi.

Muzokaralar yakunida, O‘zbekistondagi jadal urbanizatsiya jarayonlarini inobatga olib, Xitoyning yirik muhandislik-qurilish guruhi (“Zicheng United”) rahbari Jiang Guoxua yurtimizda o‘z filialini ochishga qiziqish bildirdi va joriy yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurishga kelishildi.

O‘z navbatida, xalqaro to‘qimachilik va tayyor tikuvchilik savdosiga ixtisoslashgan “Jiaxing Houbang” kompaniyasi rahbari Syuy Vey ham yurtimizda yengil sanoat sohasidagi islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda yirik to‘qimachilik korxonasini qurish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini maʼlum qildi. Uning ham joriy yil davomida mamlakatimizga amaliy tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling