Farg‘ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Toyo Engineering Corporation” kompaniyasi direktori Xividiko Ishadari bilan muloqotda hamkorlik istiqbollari borasida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda kompaniyaning ilg‘or tajribalari asosida neft-gaz sanoat yo‘nalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflari ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot uchun: Yaponiyaning yirik kompaniyasi bosh ofisi Tiba prefekturasi Narashino shahrida joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, energetika, o‘g‘itlar va infratuzilma sohalarida yirik sanoat loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Kompaniyaning asosiy faoliyati muhandislik xizmatlari, sanoat obyektlarini loyihalash, qurish va ishga tushirishdan iborat.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling