Visa va Ipak Yo'li Banki "She’s Next" dasturiga arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi

Visa va Ipak Yo'li Banki "She’s Next" dasturiga arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi

Visa va Ipak Yo'li Banki "She’s Next" dasturiga arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Visa kompaniyasi Ipak Yuli Bank bilan hamkorlikda dasturga bo‘lgan yuqori qiziqish sababli O‘zbekistonda She’s Next tashabbusining birinchi to‘lqinida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish muddatini joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) uzaytirganini e’lon qiladi.

Bugungi kunga qadar She’s Next loyihasida qatnashish uchun 5 000 dan ortiq tadbirkor ayol ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa mamlakatimiz xotin-qizlarining shaxsiy biznesini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini hamda loyihaning tadbirkorlar hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

“Shunday qisqa muddat ichida 5 000 dan ortiq arizaning kelib tushgani O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi jadal rivojlanayotganidan dalolat beruvchi muhim belgidir. Biz ayollarga nafaqat yangi bilimlar olish, balki o‘z g‘oyalarini ishonch bilan kengaytirish, ko‘mak topish va loyihalarni barqaror biznesga aylantirishga yordam berayotgan tashabbusning bir qismi ekanimizdan mamnunmiz”, — deya izoh berdi Ipak Yuli Bankning marketing va PR bo‘yicha direktori Nana Mardoyan.

“O‘zbekistondagi tashabbusning birinchi to‘lqiniga besh mingdan ortiq tadbirkor ayolning qo‘shilgani — mamlakatimiz xotin-qizlarining o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va biznesini kengaytirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqlaydigan salmoqli ko‘rsatkichdir. Tashabbusga bo‘lgan bunday qiziqishdan mamnunmiz va She’s Next doirasidagi ta’lim imkoniyatlari hamda ekspertlar ko‘magi ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini yanada ishonch bilan amalga oshirishga va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘sha oladigan barqaror loyihalarni yaratishga yordam berishiga ishonamiz”, — deya ta’kidladi Visa kompaniyasining vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Sanjar Sulaymonov.

Eslatib o‘tamiz, She’s Next tashabbusi O‘zbekistonda ilk bor joriy yilning aprel oyida raqamli to‘lovlar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan Visa kompaniyasi tomonidan Ipak Yuli Bank bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashabbus ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan. Birinchi to‘lqin ishtirokchilari nafaqat bilimga, balki o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish uchun pul grantlarini yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yilning 31-mayiga qadar ochiq bo‘ladi. She’s Next platformasida “Faoliyat yuritayotgan biznes”, “Ish boshlayotgan biznes” yoki “IT-biznes” kabi uchta yo‘nalishdan birini tanlab, ariza topshirish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangach, ishtirokchilar uchun o‘quv materiallari va testlardan foydalanish imkoniyati ochiladi. Ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan tadbirkor ayollar saralash bosqichida ishtirok etish uchun o‘z biznes-rejalarini yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ekspert komissiyasi arizalarni ko‘rib chiqib, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan She’s Next Pitch Day’da o‘z g‘oyalarini taqdim etadigan 30 nafar finalchini saralab oladi. G‘oliblar esa pul grantlari bilan taqdirlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling