Oʻzbekiston va Germaniya savdo, investitsiya va aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya savdo, investitsiya va aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya savdo, investitsiya va aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-may kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Germaniya respublikamizning Yevropadagi eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 13,2 foizga o‘sib, 1,4 milliard dollarga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda nemis kapitali ishtirokida tuzilgan 233 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muloqot chog‘ida shu yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi hamda “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni” forumining yakunlari sarhisob qilindi. Ushbu nufuzli tadbirlar ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani hamda istiqbolli kelishuvlarga zamin yaratgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar, shuningdek, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. Ushbu tadbirlar davlatlararo munosabatlarga o‘zgacha sur’at bag‘ishlashi shubhasizdir.

Uchrashuv yakunida barcha erishilgan kelishuvlarni birgalikda hayotga tatbiq etish, yangi investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda uzoq muddatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling