«Kristal Pelas» ilk bor Yevropa trofeini qo‘lga kiritdi
«Kristal Pelas» ilk bor Yevropa trofeini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliyaning «Kristal Pelas» futbol klubi o‘z tarixida birinchi marta Yevropa trofeini qo‘lga kiritib, Liga konferensiyasi g‘olibiga aylandi.
Turnir finali Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda London jamoasi Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba «Kristal Pelas» uchun klub tarixidagi ilk xalqaro trofey bo‘ldi. Shu bilan birga, jamoa yevrokuboklardagi debyut mavsumidayoq muvaffaqiyatga erishdi.
Mazkur unvon klub tarixidagi uchinchi yirik sovrin sifatida qayd etildi. Bu yutuqlarning barchasi bosh murabbiy Oliver Glasner rahbarligida qo‘lga kiritildi. Xabarlarga ko‘ra, mutaxassis mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi.
Bundan avval, 2025 yilda «Kristal Pelas» Angliya Kubogi va Angliya Superkubogi sohibi ham bo‘lgan edi.