O‘zbekiston U20 Osiyo kubogi saralashidagi raqiblarini bildi
O‘zbekiston U20 Osiyo kubogi saralashidagi raqiblarini bildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol bo‘yicha U20 terma jamoasi AFC U20 China 2027™ Osiyo kubogi saralash bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. Rasmiy qurʼa tashlash marosimi OFK shtab-kvartirasida, Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston V guruhidan joy oldi va Suriya, Hindiston hamda Bangladesh terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Turnirning saralash bosqichi 2026 yil 25 avgustdan 6 sentyabrgacha markazlashgan tizim asosida o‘tkaziladi.
Joriy musobaqa Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan yoshlar musobaqalarini isloh qilish doirasida tasdiqlangan yangi formatdagi ilk turnir bo‘ladi. Yangi tizim ikki bosqichli formatni va liga darajasini oshirish hamda tushirish mexanizmini nazarda tutadi.
Saralash bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ular to‘rttadan sakkiz guruhga bo‘lingan. Guruh g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi yetti jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘l oladi.
So‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar esa keyingi musobaqada Rivojlanish divizioniga o‘tkaziladi.
AFC U20 China 2027™ Osiyo kubogining final bosqichi 2027 yil 24 martdan 10 aprelgacha bo‘lib o‘tadi.
Qurʼa natijalariga ko‘ra, saralash bosqichi guruhlari quyidagicha shakllandi:
A guruhi: Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Filippin, Livan.
V guruhi: O‘zbekiston, Suriya, Hindiston, Bangladesh.
S guruhi: Eron, Vyetnam, KXDR, Falastin.
D guruhi: Iordaniya, Tojikiston, Bahrayn, Afg‘oniston.
E guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Gonkong.
F guruhi: Iroq, Tailand, BAA, Turkmaniston.
G guruhi: Yaponiya, Yaman, Kambodja, Quvayt.
H guruhi: Avstraliya, Indoneziya, Malayziya, Laos.
Shuningdek, yangi format doirasida 12 ta jamoa ishtirok etadigan Rivojlanish divizioni ham tashkil etiladi. Ular uchta guruhga bo‘lingan.
Guruh g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi uchta jamoa keyingi turnirning saralash bosqichiga yo‘llanma oladi.