Oʻzbekiston va Yaponiya huquqiy hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya huquqiy hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya huquqiy hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Tokioda Yaponiya Adliya vaziri oʻrinbosari Xiroshi Morimoto bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi huquqiy va konsullik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar migratsiya, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli idoralari oʻrtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi, konsullik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda navbatdagi konsullik maslahatlashuvlarini oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling