Oʻzbekiston va Afgʻoniston paxta yetishtirish loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston paxta yetishtirish loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston paxta yetishtirish loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Afg‘oniston Islom Amirligining Mozori-Sharif viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo o‘rtasida ikki davlat uchun manfaatli bo‘lgan biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Mozori-Sharif shahridagi Bosh konsuli Jafar Fattayev hamda O‘zbekistonda antidron vositalarini ishlab chiqaruvchi “Electronic Autonomous Solutions” kompaniyasi rahbariyati ham qatnashdi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, yuqori texnologiyali ishlanmalar va qo‘shma loyihalar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Xususan, Afg‘onistonda 100 gektar maydonda O‘zbekiston paxta navlarini ekish, fermerlar uchun paxta yetishtirishning yangi tizimini joriy etish hamda mazkur yo‘nalishda tajriba almashish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling