Qatarning "Thirty-Five Group" guruhi O'zbekistonga investitsiya kiritishni muhokama qildi

Qatarning "Thirty-Five Group" guruhi O'zbekistonga investitsiya kiritishni muhokama qildi

Qatarning "Thirty-Five Group" guruhi O'zbekistonga investitsiya kiritishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSV rahbari Laziz Kudratov ilgari Qatar Davlati Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri hamda Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan “Thirty-Five Group” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvi raisi doktor Xolid bin Muhammad Al-Attiya bilan uchrashdi.

“Thirty-Five Group” ko‘chmas mulk, infratuzilma, energetika, sanoat, tog‘-konchilik va zamonaviy texnologiyalar sohalarida xalqaro bozorda muvaffaqiyatli ish olib borayotgan Qatarning yirik investitsion xoldingi hisoblanadi.

Muloqot davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga uzoq muddatli kapitalni jalb etish, jumladan, energetika, logistika, ta’lim, kimyo sanoati, geologiya va tog‘-konchilik sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Qatar tomoniga kelgusida birgalikda ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida Qatar tomoni O‘zbekistonning yuqori investitsiyaviy salohiyatini alohida e’tirof etib, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yisha navbatdagi qadamlarni kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling