Oʻzbekistonda yangi ijtimoiy himoya strategiyasi muhokama qilindi

Oʻzbekistonda yangi ijtimoiy himoya strategiyasi muhokama qilindi

Oʻzbekistonda yangi ijtimoiy himoya strategiyasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Jahon banki va YUNISEF ekspertlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2027–2033 yillarga mo‘ljallangan yangi Ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, ijtimoiy yordam va ijtimoiy sug‘urta tizimlarini takomillashtirish, nodavlat sektor ishtirokini kengaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deinstitusionalizatsiya, keys-menejment tizimini rivojlantirish, ijtimoiy xodimlar malakasini oshirish, bolalar huquqlarini himoya qilish va sohani zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar yangi Strategiya loyihasini ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida inobatga olinishiga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling