Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi AQSHni mag‘lub etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sloveniyada o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 AQSH terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi. Uchrashuv 1:0 hisobida o‘zbek jamoasi foydasiga yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 64-daqiqada kiritildi. G‘alaba goliga Firdavs Abduraxmanov mualliflik qildi.
Ushbu bahs O‘zbekiston U-23 terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarga tayyorgarligi doirasida tashkil etildi hamda murabbiylar shtabiga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini sharoitida futbolchilarning joriy holatini baholash imkonini berdi.