Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Senat Oliy sud tarkibiga kiritilgan o'zgartirishlarni ma'qulladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Kaxramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan I.Boltaxodjayeva, B.Israilov, G.Parpiyeva, J.Rasulov, N.Rasulov, N.Raxmonov, shuningdek, o‘z arizasiga binoan Sh.Boliyev, B. Tangabayev, N.Xadjimatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.