O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda uning Telegram kanalida xabar berildi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi hamda turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ishonch va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida sheriklikni yana-da kengaytirishga o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling